«UZ» домени маъмурияти

UZINFOCOM Dubaydagi Seamless Middle East 2024 ko‘rgazmasida

17.05.2024

14-16 may kunlari Dubayda IT kompaniyalarning yetakchi mutaxassis va vakillari Seamless Middle East 2024 ko‘rgazmasida raqamli texnologiyalarning so‘nggi tendensiya va innovatsiyalarini muhokama qilish uchun jamlanishdi.

Kompaniyamiz o‘z mahsulotlari MyID Safe identifications va xususiy sektor hamda davlat uchun Token.uz blokcheyn platformasini taqdim etib, ko‘rgazma mehmonlariga xavfsizlik va identifikatsiya qilish bo‘yicha innovatsion yechimlarni taklif qildi.