«UZ» домени маъмурияти

UZ domeni Ma'muriyati "TLDCON 2024" 17-xalqaro konferensiyasida

06.09.2024

UZ domeni Ma'muriyati xodimlari Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari registratorlarining 17-xalqaro konferensiyasi (TLDCON 2024)da ishtirok etmoqda.

Tadbir internet bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish, shuningdek, turli milliy yuqori darajali domenlarning yetakchi registratorlari va turli davlatlarning milliy domen registratorlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Mavzuli bo‘limlar doirasida .UZ domeni ma'muriyati vakillari O‘zbekiston domen zonasining rivojlanish tendensiyalari, registratorlar va yakuniy foydalanuvchilar foydalanadigan xizmatlar, domenlarni ro‘yxatga olishda qo‘llaniladigan NFT-sertifikatlar va NFT texnologiyasi haqida so‘zlab berishdi, shuningdek, AI asosidagi xizmatni taqdim qilishdi. Tadbirda MDH davlatlari va boshqa mamlakatlardan 180 dan ortiq milliy registratura vakillari, axborot xavfsizligi sohasi ekspertlari va yuristlar ishtirok etmoqda.