«UZ» домени маъмурияти

.UZ domeni ma’muriyati ICT WEEK Uzbekistan 2024 konferentsiyasida innovatsion loyihalarni taqdim etdi.

17.09.2024

17 sentyabrdan 20 sentyabrga qadar Toshkentdagi CAEx ko‘rgazma majmuasida ICT WEEK Uzbekistan 2024 an’anaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Bu tadbir IKT sohasidagi yetakchi mutaxassislar va ishtirokchilarni tarmoqdagi asosiy tendentsiyalar va innovatsiyalarni muhokama qilish uchun birlashtiradi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislari, shuningdek, turli mamlakatlar vakillari ishtirok etmoqda.

ICT Expo doirasida bir qator innovatsion loyihalar taqdim etildi. Ular orasida biznes va davlat muassasalari uchun mo‘ljallangan Token.uz universal blokcheyn platformasi ham bor. Platforma blokcheyn texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ishonchli va shaffof ma’lumotlarni saqlashni ta’minlashga qaratilgan.

Shuningdek, ".UZ" zonasida bo‘shab qolgan domen nomlari bo‘yicha auktsionni o‘z ichiga olgan yangi " Auction.cctld.uz" loyihasi taqdim etildi. Bu innovatsion platforma barcha ishtirokchilarga O‘zbekiston milliy domen zonasida bo‘shab qolgan domen nomlarini teng shartlarda sotib olish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

Barcha qiziquvchilarni ICT Expo va kompaniya stendiga tashrif buyurishga taklif qilamiz, u yerda innovatsion xizmatlar va foydali loyihalar taqdim etiladi.