«UZ» домени маъмурияти

.UZ domeni ma'muriyati Bishkekda bo'lib o'tgan CAPIF 3 forumida DNSSEC.UZ avtomatlashtirish bo'yicha yangi loyihani taqdim etdi

24.09.2024

.UZ domeni ma'muriyati 2024-yilning 24-25-sentabr kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo tarmoq o‘zaro bog‘liqligi va piring forumi (CAPIF 3)da ishtirok etdi. CAPIF 3 forumining tashkilotchilari RIPE NCC, Qirg‘iziston aloqa operatorlari assotsiatsiyasi va “Qirg‘iztelekom” kompaniyasi hisoblanadi.

Forumda internet-provayderlar, tarmoq operatorlari, bulutli platformalar ma'murlari va ma'lumotlar markazi operatorlari Markaziy Osiyoda piring, tarmoq o‘zaro bog‘liqligi va internet infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun yig‘ilishdi.

Tadbirda .UZ domeni ma'muriyatining yagona integratori UZINFOCOM vakili DNSSEC.UZ tizimini avtomatlashtirish loyihasini taqdim etdi. Bu loyiha O‘zbekiston domen zonasining xavfsizligi va barqarorligini mustahkamlash uchun muhim qadam hisoblanadi.