.UZ MA'MURIYATI INTERNET UNIVERSALLIK KO‘RSATKICHLARI BO‘YICHA YUNESKO MASLAHAT KENGASHIDA ISHTIROK ETDI
.UZ domeni ma'muriyati 2025-yil 28-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Ko‘p tomonlama maslahat kengashi majlisida ishtirok etdi.
Tadbir YUNESKO tashabbuslari doirasida tashkil etilgan “Internet universallik ko‘rsatkichlari” tadqiqotiga bag‘ishlandi.
Maslahat kengashida YUNESKO vakillari, xalqaro va davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati, ilmiy doiralar hamda global va mahalliy ekspertlar ishtirok etdi.
Uchrashuv doirasida internetni rivojlantirish, uning mavjudligi, shaffofligi va inson huquqlariga muvofiqligi masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilar taqdim etilgan natijalarni tahlil qilib, o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Muhokamalar yakunida O‘zbekistonda internet universalligi tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha keyingi qadamlar belgilandi hamda maslahat kengashining asosiy natijalari umumlashtirildi.