.UZ DOMENINING 30 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN BLOCKCHAIN HACKATHON 2025
.UZ domeni ma’muriyati Yagona integrator UZINFOCOM vakili sifatida barcha dasturchilarni, markazlashmagan tizimlar bo‘yicha mutaxassislarni va IT-entuziastlarni Blockchain Hackathon 2025 musobaqasida ishtirok etishga taklif qiladi. Ushbu Xakaton O‘zbekiston milliy domenining tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan tadbir doirasida o‘tkaziladi.
Ishtirokchilarni blokcheyn texnologiyalaridan foydalangan holda markazlashmagan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish bo‘yicha qiziqarli vazifalar kutmoqda.
Eng yaxshi loyihalar sovrinlar va keyingi bosqichlarda amalga oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Sana: 27-28 aprel
Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi Kongress-holli, Toshkent
Ro‘yxatdan o‘tish: https://token.uz/uz/hackathon
Qo‘shiling va O‘zbekistonning raqamli kelajagiga o‘z hissangizni qo‘shing!