Blockchain Hackathon 2025 uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi
11.04.2025
Hurmatli ishtirokchilar,
Sizni xabardor qilamizki, Blockchain Hackathon 2025 uchun ro‘yxatdan o‘tish rasman yakunlandi. Tadbirga qiziqish bildirgan barcha ishtirokchilarga o‘z g‘oyalarini rivojlantirishga va blokcheyn texnologiyalari olamiga sho‘ng‘ish istagi uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Hozirda jamoalarning dastlabki tanlovi o‘tkazilmoqda. Dastlabki tanlovni o‘tgan ishtirokchilar shaxsiy ravishda elektron pochta orqali xabardor qilinadi va jamoa nomlari 2025-yil 17-aprelda saytga joylashtiriladi.
Oldinda sizni bir necha kunlik intensiv ish, innovatsiyalar va yorqin g‘oyalar kutmoqda.
So‘nggi yangiliklar uchun rasmiy kanallarimizni kuzatib boring.
Xakatonda ko‘rishguncha!