TOSHKENTDA BIRINCHI BLOCKCHAIN HACKATHON 2025 BOSHLANDI.
28.04.2025
2025-yil 27-aprel kuni Toshkentda UZINFOCOM tomonidan tashkil etilgan va blokcheyn texnologiyalariga bag‘ishlangan ilk xakaton – Blockchain Hackathon 2025 boshlandi.
15 ta jamoa — dasturchilar, tahlilchilar va blokcheyn ishqibozlari — ta’lim, fintex, sog‘liqni saqlash, korrupsiyaga qarshi kurash kabi yo‘nalishlarda markazlashmagan ilovalar (dApp) prototiplarini yaratish ustida ishlaydi.
Xakaton davomida ishtirokchilarga tajribali mentorlar ko‘mak beradi, yakunda esa ular o‘z loyihalarini ekspertlar hay’ati oldida taqdim etishadi.
G‘oliblar bugun e’lon qilinadi. Umumiy sovrin jamg‘armasi — 100 million so‘m