.UZ domeni Ma’muriyati TIUEda master-klass o‘tkazdi
.UZ domeni Ma’muriyati (UZINFOCOM) vakillari Tashkent International University of Education (TIUE)da master-klass o‘tkazdi.
Tadbir davomida mutaxassislar talabalarga raqamli texnologiyalar rivoji, jumladan Web 2.0 va Web 3.0 ga o‘tish jarayoni, shuningdek blokcheyn va sun’iy intellekt istiqbollari haqida ma’lumot berdilar. Ishtirokchilar katta qiziqish bildirishdi: faol savollar berib, zamonaviy IT-trendlarni muhokama qildilar.
Master-klass yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va axborot texnologiyalari sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratildi. Bunday tashabbuslar raqamli kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilib, talabalarning professional rivojlanish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Tomonlar kelgusida hamkorlikni davom ettirish, jumladan qo‘shma ta’limiy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha tayyor ekanliklarini bildirdilar.
_1774585590.jpg)
_1774585611.jpg)





