UZINFOCOM tomonidan ishlab chiqilgan Token.uz blokcheyn platformasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida o‘zining tovar belgisini rasman ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Domen auksionida rekord darajadagi bitim qayd etildi - hub.uz domen nomi 17 893 500 so‘mga sotildi. Yakuniy narx ochiq savdolar jarayonida shakllanib, unda ishtirokchilarning real talabi hal qiluvchi omil bo‘ldi.
2025 — yubiley va strategik yil 2025 yil Oʻzbekiston milliy .UZ domen zonasi rivojlanishida muhim va tarixiy bosqichga aylandi. Ushbu yilda .UZ domeniga 30 yil toʻldi, bu Oʻzbekiston milliy internet segmentining barqaror rivojlanishi, uning global tarmoqqa integratsiyalashuvi va doimiy texnologik yangilanishining ramzi hisoblanadi. Yubiley yil raqamli transformatsiyaning faol davri, blokcheyn texnologiyalarini joriy etish, sunʼiy intellektni qoʻllash, IPv6 ga keng koʻlamli oʻtish, DNSSEC jarayonlarini avtomatlashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish bilan bir vaqtda kechdi.
2025 yil 10 dekabr kuni .UZ domeni Ma’muriyati UNESCO Internet Universalligi Indikatorlari (IUIs) asosida O‘zbekistonning internet landshaftini baholashga bag‘ishlangan uchinchi ko‘p tomonlama maslahat kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi. Tadbir Toshkent shahridagi Mercure mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi va davlat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, ekspert doiralari hamda soha vakillarini bir joyga jamladi.
Auktsion ishini optimallashtirish maqsadida joriy toifalar tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish qaror qilindi. 2025 yildan boshlab, auktsion lotlari uchta asosiy toifada taqdim etiladi:
.UZ (UZINFOCOM) va .KZ (KazNIC) domen zonalari ma’muriyatlari o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida Qozog‘iston hududida joylashtirilgan, IPv4 va IPv6 manzillarga ega «UZ» domen zonasining yangi ildiz DNS-serveri ishga tushdi.
2025-yil 25–30-oktabr kunlari Irlandiyaning Dublin shahrida ICANNning 84-yillik umumiy yig‘ilishi — ICANN84 Annual General Meeting bo‘lib o‘tadi.
2025-yil 25–26-sentabr kunlari Olmaotada Markaziy Osiyo mintaqasida peering va bog‘lanish bo‘yicha To‘rtinchi forum (CAPIF 4) bo‘lib o‘tdi — mintaqa internet industriyasi uchun muhim tadbirlardan biri. Forum RIPE NCC tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, Qozog‘iston Internet Assotsiatsiyasi va Qozog‘iston Aloqa Operatorlari Assotsiatsiyasining hamkorligi bilan o‘tkazildi.
.UZ milliy domeni Ma'muriyati domed nomlari auksioni foydalanuvchilari uchun yangi qulay imkoniyatni joriy etdi. Endi har bir foydalanuvchi maxsus onlayn-shakl orqali “Auksion” maqomiga ega bo‘lgan o‘chirilgan domen nomini auksion savdosiga qo‘yish uchun ariza topshirishi mumkin.
Milliy .UZ domeni Ma'muriyati Toshkentda o‘tayotgan ICTWEEK UZBEKISTAN 2025 doirasida innovatsion Token.uz loyihasini taqdim etmoqda.



